Ushbu yig‘ilishda Rossiya prezidenti tomonidan bildirilgan asosiy fikrlar:
◾️ Rossiya Federasiyasining yadroviy doktrinasiga yadro qurolidan foydalanish shartlarini belgilash nuqtai nazaridan bir qator tushuntirishlar kiritish taklif qilinmoqda;
◾️ Rossiya Ittifoq davlati a’zosi sifatida o‘zi va Belarusga qarshi tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda yadro qurolidan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
◾️ Yadrobiy qurolga ega bo‘lmagan davlatning yadroviy davlat ishtirokidagi tajovuzini ularning Rossiyaga birgalikdagi hujumi deb hisoblash taklif etiladi;
◾️ Rossiya suverenitetiga tajovuz paytida yadro qurolidan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi, shu jumladan dushman oddiy qurollardan foydalangan holda jiddiy xavf tug‘diradigan holatlarda ham;
◾️ Rossiya Federasiyasining yadro kuchlari uning xavfsizligining eng muhim kafolati, shuningdek, dunyoda muvozanatni saqlash vositasi bo‘lib qolmoqda;
◾️ Biz har doim yadroviy kuchlardan foydalanishga o‘ta mas’uliyat bilan yondashganmiz, bu mamlakat suverenitetini himoya qilishning o‘ta muhim chorasi;
◾️ Rossiya Federasiyasi chegarani kesib o‘tishda raketalar va uchuvchisiz uchish qurilmalarining ommaviy uchirilishi haqidagi ishonchli ma’lumotlardan keyin yadro qurolidan foydalanish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.