Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Putin Bayden va Trampning farqini aytdi

Putin Bayden va Trampning farqini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni "favqulodda shaxsiyat va iste’dodli inson" deb atadi. U bu fikrini Amerikaning NBC telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.

«Hozir ham men AQShning sobiq prezidenti Tramp favqulodda odam, iste’dodli odam, deb ishonaman, aks holda u AQSh prezidenti bo‘lolmagan bo‘lardi. U rang-barang odam. Sizga yoqishi yoki yoqmasligi mumkin», - dedi Rossiya rahbari.

Shuningdek, telekanalga bergan intervyusida Putin Trampni uning vorisi, AQShning hozirgi prezidenti Jo Bayden bilan taqqosladi. Rossiya prezidentining fikriga ko‘ra, Bayden, AQShning sobiq prezidentidan farqli o‘laroq umuman boshqa odam, Bayden siyosatchi. U deyarli butun hayotini siyosat ichida o‘tkazdi.

Kiritildi: 11:44 12.06.2021. O'qildi: 3698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!