Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘nlab shaharlarda qora tanli odamning o‘limi yuzasidan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tayotgan Qo‘shma Shtatlardagi voqealarga izoh berdi.
"Prezident nima qilish kerak bo‘lsa, shuni qilish lozimligini ta’kidlamoqda. Mahalliy gubernatorlar esa prezidentga ket, yo‘qol, deb javob berishadi", — dedi Putin.
Avvalroq, Rossiya yetakchisining vakili Dmitriy Peskov Kreml AQShdagi tartibsizliklarni diqqat bilan kuzatayotganini, ammo voqealarga aralashmayotganini ta’kidlagan edi. "Biz hech qachon Amerika ishlariga aralashmaganmiz va hozir ham aralashmaymiz", — deya ta’kidlagandi Peskov.