Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Putin: "AQSh biolaboratoriyalarining maqsadi - biomaterial yig‘ish"

Putin: "AQSh biolaboratoriyalarining maqsadi - biomaterial yig‘ish"

AQShning postsovet hududidagi biolaboratoriyalarining maqsadi - biologik materiallar to‘plash va viruslarning tarqalish xususiyatlarini o‘rganishdir, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Moskvada bo‘lib o‘tayotgan KXSHT sammitida.

Prezident aytishiga ko‘ra, Rossiya uzoq vaqtdan beri AQShning postsovet hududidagi harbiy-biologik faolligi haqida ogohlantirib kelganini esladi.

“Ma’lumki, Pentagon bizning umumiy mintaqamizda o‘nlab ixtisoslashtirilgan biolaboratoriya va markazlarni yaratgan va ular o‘z faoliyatini boshlagan mamlakatlar aholisiga hech qanday tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaydi. Ular biologik materiallar to‘plash, viruslar va xavfli kasalliklar tarqalish xususiyatlarini o‘z maqsadlari yo‘lida o‘rganadi ", - dedi Putin.

Moskvada Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Ularda KXSHT tinchlikparvar salohiyatini oshirish, shuningdek, harbiy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Kiritildi: 17:39 16.05.2022. O'qildi: 3026 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!