Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Putin: “2024 yil haqida gapirishga hali erta”

Putin: “2024 yil haqida gapirishga hali erta”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yildan keyin nima bilan shug‘ullanishi haqida gapirishga hali ertaligini aytdi. U 2025 yilda o‘zini qanday maqomda ko‘rishi haqida so‘ralgan savolga shunday javob berdi.

“2024 yilga kelsak, bu haqida gapirishga hali erta. Hozir hali 2019 yil”.

Gap shundaki, Putinning prezident sifatidagi vakolatlari 2024 yilda tugaydi. U o‘zining intervyularidan birida o‘z vorisi haqida 2000 yildan beri o‘ylab kelishini aytgandi. Putin shu bilan birga uning davomchisi prezident saylovlarida ovoz berish bilan aniqlanishini ham bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya konstitusiyasiga ko‘ra, prezident ikki muddatdan ko‘proq prezident lavozimini egallay olmaydi. Shu sababli Putin prezident saylovlarida boshqa ishtirok eta olmaydi.

Kiritildi: 08:05 22.08.2019. O'qildi: 2314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!