Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

«PSJ» narxi 100 million yevrodan ortiq bo‘lgan yangi yarim himoyachini tanladi

«PSJ» narxi 100 million yevrodan ortiq bo‘lgan yangi yarim himoyachini tanladi

Londonning «Vest Xem» klubiga tegishli bo‘lgan portugaliyalik yarim himoyachi Mateush Fernandesh faoliyatini Yevropaning top-klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Ben Jeykobsning xabariga ko‘ra, Fransiyaning «PSJ» klubi 21 yoshli futbolchining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

«Bolg‘achilar» o‘z o‘yinchisini yuqori baholamoqda va uni sotishdan taxminan 116 million yevro ishlab olishni ko‘zlamoqda. O‘tgan mavsumda Fernandesh London klubi safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Vest Xem» Premyer-ligani tark etdi.

Kiritildi: Bugun 14:11. O'qildi: 189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!