Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

PSJ Mbappega 55 mln. yevro to‘lashdan bosh tortdi

PSJ Mbappega 55 mln. yevro to‘lashdan bosh tortdi

PSJ Kilian Mbappe oldidagi qarzini to‘lamaslik uchun e’tiroz bildirishda davom etadi.

Oldinroq Fransiya professional ligasi (LFP) parijliklar forvard oldidagi 55 mln. yevrolik qarzni yopish bo‘yicha qaror chiqargan edi. Ushbu mablag‘ to‘lanmagan maosh va bonuslar sabab yig‘ilib qolgan.

LFP to‘lovni sakkiz kun ichida amalga oshirish kerakligini ma’lum qilgan edi va muddat bugun yakuniga yetdi. PSJ o‘z arizasida mablag‘ni to‘lash haqida yozmagan, aksincha boshqa idoraga arz qilishini aytgan.

PSJ LFP qo‘miatsi qaroriga apellyasiya berdi. Gap to‘liq asoslab berilgan klubning huquqiy pozisiyasida emas. Bu shuningdek halollik, qadriyatlarni saqlash va Parij klubi hamda muxlislariga hurmat masalasidir, ushbu jihatlar har qanday futbolchidan muhimroq.

PSJning ma’lum qilishicha, Mbappe 7 yil davomida Parij klubida misli ko‘rilmagan imtiyozlarga ega bo‘lgan.

Kiritildi: 22:10 21.09.2024. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!