Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

«PSJ» bosh murabbiyining qizi o‘lim bilan yakunlangan YTH ishtirokchisi bo‘ldi

«PSJ» bosh murabbiyining qizi o‘lim bilan yakunlangan YTH ishtirokchisi bo‘ldi

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrikening qizi Sira Martines o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasiga uchragan avtomobil ichida bo‘lgan. Bu haqda Marca nashri Ispaniyaning A Punt telekanaliga tayanib xabar berdi.

Hodisa 8 oktyabr kuni kechqurun La-Safor hududida sodir bo‘lgan. Motosikl va Sira Martines bo‘lgan yengil avtomobil to‘qnashgan. Mashinani esa boshqa bir erkak boshqargan.

Hodisa joyiga yetib kelgan tibbiyot xodimlari motosikl haydovchisiga yordam bera olmagan — u ular yetib kelishidan oldin vafot etgan. Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar YTH sabablarini aniqlamoqda.

Avtomobil haydovchisi alkogol va giyohvand moddalar iste’mol qilgan-qilmaganini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tkazilgan. Natijalar manfiy chiqqan. Sira Martines esa jarohat olmagan.

Hodisaning barcha tafsilotlari aniqlanguniga qadar avtomobil haydovchisi ish bo‘yicha gumonlanuvchi maqomida qolmoqda.

Kiritildi: 10:30 10.10.2026. O'qildi: 1279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!