Ayol tug‘ildi:
O‘g‘il emas «Qiz» dedilar xomush
Nega xomush… Otasi O‘g‘il kutganmush!!!
Ayol ulg‘aydi:
Uyda o‘tir o‘qishing shartmas
Uydagi yumushni eplay olgin bas!!!
Ayol sevdi:
Unutma sevishga haqqing yo‘q aslo!!!
Ayolda yurak yo‘q qalbi yo‘q go‘yo….
Ayol turmush qurdi:
Kelinsan gapirma endi bo‘l soqov,
Soching supurgi bo‘lsin, qo‘llaring kosov!!!
Ayol farzand ko‘rdi:
Mana senga farzand nomli baxt
Endi o‘zingni unutgin….. unga yarat taxt!!!
Ayol qaynona bo‘ldi:
Aralashmang yuring jim….
Arazlab ketmasin sevgan xotinim!!!
Ayol o‘ldi:
Dedilar: Nega tashlab ketdingiz
Nega ortda qolganni ko‘zin yoshlab ketdingiz.
Ayolning haqqi bor:
O‘qishga, sevishga, o‘zin deyishga, baxtli bo‘lishga, zavqli yashashga, fikrini aytishiga, qaror chiqarishga…
Yana nimalarga ayolning haqqi bor?
Xokisorim, munisam, azizam Ayol… Umringiz uzoq bo‘lsin aziz Ayollar…!!!
Manba: zamin.uz