Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba

КИР

Propan 8 kunda deyarli 15%ga qimmatladi. Mas’ullar esa jim!

Propan 8 kunda deyarli 15%ga qimmatladi. Mas’ullar esa jim!

Birja savdolarida propan narxi yana 615,9 ming so‘mga oshib, deyarli 9,3 mln so‘mga yetdi. Narxlar keskin o‘sishda bo‘lsa-da, savdo hajmi 2 ming tonnadan ham oshmayapti.

Yil boshidan beri, atigi 8 kun ichida, propan narxi birjada qariyb 15%ga qimmatladi. Bu o‘z navbatida shoxobchalardagi chakana narxlarga ham ta’sir qildi:
➖ avval: 6 100–6 200 so‘m;
➖ hozir: 6 800–7 000 so‘m.

Yoqilg‘i narxlarining to‘xtovsiz o‘sishi, metan uzilishlari va ehtimoliy sun’iy defisit haqida esa haligacha birorta ham rasmiy idora — Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi yoki Raqobat qo‘mitasi — munosabat bildirgani yo‘q.

Kiritildi: 18:05 09.01.2026. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!