AQShda koronavirusdan Nyu-yorklik taniqli quruvchi va Respublika partiyasi tarafdori Stenli Chera vafot etdi.
Chera AQSh prezidenti Donald Trampning do‘sti bo‘lgan. 2016 yildan 2019 yilgacha Trampni saylovoldi qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlarga 402 800 dollar xayriya qilgan.
Chera shuningdek, xayriya ishlarida ham faol qatnashgan.
Tramp Cherani "Dunyodagi eng yirik quruvchilar va ko‘chmas mulk sohasidagi mutaxassislardan biri" va "shunchaki boshdanoq men bilan birga bo‘lgan ajoyib odam" deb atadi.
AQSh prezidenti mart oyidagi nutqida koronavirus bilan kurashayotgan do‘sti haqida gapirdi, ammo uning ismini aytmagandi.
Chera 78 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U 24 martdan beri shifoxonada davolanayotgan edi.