Bugun 30 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Prezident vaqtincha o‘z lavozimidan chetlatildi

A A A
Prezident vaqtincha o‘z lavozimidan chetlatildi

Moldovada Konstitusion sud prezident Igor Dodonni davlat boshlig‘ining vazifalarini bajarishdan vaqtincha chetlatdi. Interfaksning 24 sentyabr, dushanba kuni ma’lum qilishicha, bunday qaror Demokratik partiyadagi deputatlarning talabiga binoan qabul qilingan.

Ta’kidlanishicha, Moldova parlamentining raisi vazifasini bajaruvchi sifatida tayinlangan shaxs endilikda sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va oila, qishloq xo‘jaligi, viloyatni rivojlantirish va atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekishi mumkin.

Ilgari Dodon bu lavozim uchun Bosh vazir Pavel Filipning nomzodlarini tayinlashni bir necha marta rad etgandi.

"Qonunga ko‘ra, prezident bosh vazir tomonidan tavsiya etilgan nomzodlarni rad etishga haqli, biroq faqatgina bir marta. Ammo bu shaxslar ikkinchi marotaba ham nomzod sifatida ko‘rsatilsa, tayinlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekishi kerak. Agar prezident qayta nomzod ko‘rsatilgandan keyin farmonni imzolamasa, uning vakolatlari parlament raisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi", deyiladi bayonotda.

 

Kiritildi: 09:28 25.09.2018. O'qildi: 1213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik