Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Prezident: "Uyga bostirib kirib, bolalar, homilador ayollar ko‘z o‘ngida odamni yerga yotqizib, qo‘lini qayirasiz, bir nechta qovurg‘asini sindirasiz..."

Prezident: "Uyga bostirib kirib, bolalar, homilador ayollar ko‘z o‘ngida odamni yerga yotqizib, qo‘lini qayirasiz, bir nechta qovurg‘asini sindirasiz..."

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat huquqni muhofaza qilish tizimida jiddiy kamchiliklar mavjudligini qayd etdi va ayrim "haddidan oshib ketgan" kuch ishlatarlarni "jamiyatdan yulib tashlash" bilan tahdid qildi. Bu haqda Sputnik Belarusga tayanib "Kun" nashri yozmoqda.

Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, odamlarda huquqni muhofaza qilish organlarini birinchi navbatda inson hayoti va taqdiri emas, raqamlar va reytinglar qiziqtiradi degan tasavvur uyg‘onmoqda.

"Jinoiy ishlar surishtiruvida soxtakorlik shu darajadaki, undan ko‘ra bu jinoyat ishlarini ochmaganinglar ma’qul. Ayrim pogonlilar shu darajada quturib va haddidan oshib ketganki, ular nafaqat pogon taqmasliklari kerak – bu odamlar jamiyatimizdan o‘zlari tekshirayotgan ishlardan ham tezroq olib tashlanishi lozim", - dedi u.

"Ko‘rib qo‘yinglar, taqdirni belgilovchilar! Uyga bostirib kirib, bolalar, homilador ayollar ko‘z o‘ngida odamni yerga yotqizib, qo‘lini qayirasiz, eng kamida bir nechta qovurg‘asini sindirasiz, miyasini chayqaysiz. Bunday miyasiz odamlarga huquqni muhofaza qilish tizimida o‘rin yo‘q", - ta’kidladi Belarus prezidenti.

Kiritildi: 18:23 20.08.2019. O'qildi: 9427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!