NASA prezidenti Jeyms Braydenstayn AQSh Oy yuzasida doimo hozir bo‘lish niyatida ekanligini bildirdi. Bu haqda xs.uz xabar berdi.
Bizning bugungi kundagi ustuvor maqsadlarimizdan biri Oyga qaytishdir. Bu safar biz Apollo ekspedisiyasi paytidagidek qilmaymiz. Bu safar Oyda doimo bo‘lmoqchimiz , - dedi Braydenstayn AQSh Kongressi Vakillik palatasining savdo, adliya, ilm-fan va o‘z muassasasi bilan bog‘liq kichik qo‘mitasidagi eshituv chog‘ida.
Bu biz u yerda qolishimizni anglatadi. Bunda Oy yuzasida odamlar doim bo‘lishi nazarda tutilmayapti. Bu u yerda bizning robotlar, lunoxodlar doim bo‘lishi, shuningdek, u yerda ilm-fan bilan shug‘ullanadigan odamlarning vaqti-vaqti bilan borib kelishini anglatadi , - deya izoh bergan NASA rahbari.
Yaqinda AQSh vise-prezidenti Maykl Pens ham Xantsvilldagi Milliy kosmik kengash yig‘ilishida AQSh astronavtlari yaqin besh yil ichida Oyga qaytishini ma’lum qilgandi. Amerikaning Apollo 11 kosmik kemasi Oyga birinchi marta 1969 yil 20 iyulda ilk qo‘nishni amalga oshirgandi.