Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Prezident korrupsiyachilar ko‘z o‘ngida otib tashlangani haqida gapirdi

Prezident korrupsiyachilar ko‘z o‘ngida otib tashlangani haqida gapirdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarovga bergan intervyusida Xitoyda korrupsiyachilar otib tashlanganiga guvoh bo‘lgani haqida hikoya qildi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

 

To‘qayevga ko‘ra, bu 1988 yilda Xitoyning janubiy shaharlaridan birida ro‘y bergan.

«O‘zim bir marta bevosita shu jarayonga guvoh bo‘lganman. Qo‘rqinchli taassurotlar. Odamlarni yuk mashinalarida olib kelishdi, tushirishdi, ko‘zlarini bog‘lashdi. Hukm e’lon qilindi. Va har birini ensasiga qarata o‘q uzildi. Bir tomondan, bunga guvoh bo‘lish nihoyatda og‘ir. Ikkinchi tomondan, bu davlatning tarixiy-madaniy an’analari va men uni qoralashdan yiroqman. Balki shunday uslublar qo‘llanmasa, mamlakatdagi vaziyat izdan chiqib ketar», — deya xotirlaydi Qozog‘iston prezidenti.

Ma’lumot uchun, Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘z vaqtida Sovet Ittifoqining Pekindagi elchixonasida ishlagan.

Kiritildi: 17:13 22.07.2019. O'qildi: 3455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!