Toshkentda markaziy va turizm ko‘chalari, xiyobonlar, poytaxt aholisi va mehmonlari tashrif buyuradigan ob’ektlar atrofida davlat-xususiy sheriklik asosida 100 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasi tashkil etilar ekan. Boshqacha aytganda, hojatxonalar quriladi.
Toshkent shahar hokimligi tomonidan yangi sanitariya-gigiyena shoxobchalari markazlashgan ichimlik va oqova suv tarmoqlariga belgilangan tartibda ulab beriladi.