Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi nomi ma’lum bo‘ldi

Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi nomi ma’lum bo‘ldi

Insayder Fabrisio Romano tajribali murabbiy Jorje Jezush Portugaliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishini xabar qildi. U ushbu lavozimda uch yil ishlagan Roberto Martinesning o‘rnini egallaydi.

Ta’kidlanishicha, Jezush 2030 yilgi Jahon chempionati yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnomani imzolaydi.

Jezush 71 yoshda bo‘lib, u o‘zining murabbiylik faoliyatini 1989 yilda boshlagan. U "Benfika", "Sporting", "Fenerbaxche" va "Al-Hilol" jamoalari bilan ishlagan, o‘tgan mavsumda esa "An-Nasr" boshqaruvida Saudiya Arabistoni chempioni bo‘ldi.

Portugaliya terma jamoasi Martines qo‘l ostida 2026 yilgi Jahon chempionatida o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallay olmadi, musobaqaning 1/8 final bosqichida esa Ispaniya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib, turnir bilan xayrlashdi.

Kiritildi: 23:41 08.07.2026. O'qildi: 848 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!