Portugaliya xavfsizlikni ta’minlash maqsadida Erondagi o‘z elchixonasini vaqtincha yopishga qaror qildi.
Bu haqda Portugaliya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
"Ushbu mamlakatda bo‘lgan barcha Portugaliya fuqarolari bilan aloqa o‘rnatildi: sakkiz nafar shaxs allaqachon Eron hududini tark etgan. Ayrim fuqarolar mamlakatdan chiqib ketish jarayonida, qolgan o‘n nafar fuqaro esa (ularning yetti nafari ikki fuqarolikka — Portugaliya va Eron fuqaroligiga ega) qolishga qaror qildi", — deyiladi vazirlik xabarida.
Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, hozirgi keskin vaziyat va mintaqada qurolli to‘qnashuv xavfi mavjudligi sababli, Eronga har qanday safarlar qat’iy ravishda tavsiya etilmasligini qo‘shimcha qilgan.