Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Poroshenko Makrondan Rossiyaga bosimni kuchaytirishni so‘radi

Poroshenko Makrondan Rossiyaga bosimni kuchaytirishni so‘radi

Ta’kidlanishicha, har ikki yetakchi Donbassdagi vaziyatni muhokama qilib, mintaqaga BMT tinchlikparvarlik missiyasini kiritish kerakligiga e’tibor qaratishgan. Poroshenko Makronni Rossiyaga, ushbu davlatda sudlangan ukrainaliklar, xususan Oleg Sensov va Roman Sushchenkoni ozod etish maqsadida bosimni kuchaytirishga chaqirdi.

«Fransiya prezidenti Ukraina rahbarini islohotlardagi ijobiy o‘zgarishlar hamda «Korrupsiyaga qarshi oliy sud to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi bilan tabrikladi. Suhbatdoshlar Ukraina - YEI va Ukraina - NATO sammitlariga tayyorgarlikni ham muhokama qilishgan, ular Bryusselda iyul oyida bo‘lib o‘tadi», - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Poroshenko Makronni Ukrainaga taklif qilgan. Fransiya prezidenti bu taklifni qabul qilgani yoki qilmaganiga aniqlik kiritilmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik general Rossiya hammasini qaytarishi haqida ma’lum qilgandi

Manba: kun.uz

Kiritildi: 20:10 16.06.2018. O'qildi: 2014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!