Bugun 21 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Pora olgan temir yo‘l stansiyasi boshlig‘i tizimda 13 yildan beri ishlab kelgan

Pora olgan temir yo‘l stansiyasi boshlig‘i tizimda 13 yildan beri ishlab kelgan

Ijtimoiy tarmoqlarda, Dashtobod temir yo‘l stansiyasi boshlig‘i pora olgan vaqtda ushlanganligi haqida tarqalayotgan xabarlarga izoh berildi.

Huquq tartibot idoralari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Dashtabod stansiyasi boshlig‘i pora olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Mazkur stansiya boshlig‘i 2011 yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tamomlab, tizimda 13 yil faoliyat olib borgan. Ilgari o‘ziga ham, yaqin qarindoshlariga nisbatan ham jinoiy ish ochilmagan va sudlanmagan.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tizimida so‘nggi yillarda korrupsiyaning oldini olish borasida qator ishlar olib borilmoqda.
Jamiyat rahbariyati tomonidan, temir yo‘l transportidan foydalanuvchi mijozlarga qulaylik yaratish va inson omilini kamaytirish maqsadida, tarmoqda Yagona darcha tizimi joriy etilgan.

Bundan tashqari ishonch telefoni faoliyat yuritmoqda. Shu bois, mijozlardan temir yo‘l transportidan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va takliflar bo‘lsa, Jamiyatning ishonch telefon raqami (+998971 237 98 99) orqali murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz,- deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:24 20.09.2024. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!