Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Popda fuqaroning elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Popda fuqaroning elektr energiyasidan qarzdorligini yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Pop tumani elektr tarmoqlari korxonasi xodimi F.M. fuqaro SH.ning xonadoniga yangi elektr hisoblagich o‘rnatib qo‘yganligi hamda elektr tarmog‘iga qayta ulanish to‘lovi bilan dastlab 2,1 mln so‘m, keyinchalik 4,7 mln so‘m qarzdorlik vujudga kelganligini aytib, ushbu qarzdorlikni yo‘q qilib berish hamda yangi abonent daftarchasini ochib berish evaziga 2,5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:58 11.06.2021. O'qildi: 1209 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!