Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Polshada Ukraina bilan chegarani yopish taklifi ilgari surildi

Polshada Ukraina bilan chegarani yopish taklifi ilgari surildi

Polsha rasmiylari Ukraina bilan chegarani to‘liq yopish rejasini ishlab chiqishi kerak. Bu taklifni Polsha parlamentining sobiq a’zosi Mateush Piskorskiy Myśl Polska nashridagi maqolasida bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni davlatda jinoyatchilik kuchaygani fon ida Polshaga xavf tug‘ilishi mumkin. «Mas’ul idoralar bugundan Polsha—Ukraina chegarasini to‘liq yopish va blokada qilish rejasini tayyorlashi kerak», deb yozgan u.

Piskorskiy agar choralar o‘z vaqtida ko‘rilmasa, Polsha huquqni muhofaza qiluvchi organlari hal qila olmaydigan jiddiy muammolarga duch kelishi mumkinligini ta’kidlagan. Shuningdek, Varshava qo‘shni davlatlar bilan maslahatlashgan holda Ukraina chegarasida devor qurish imkoniyatini ham ko‘rib chiqishi kerakligini aytgan.

Kiritildi: Bugun 21:00. O'qildi: 232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!