Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Polshada Samarqand Buyuk Ipak yo‘lining durdonasi sifatida e’tirof etilmoqda

Polshada Samarqand Buyuk Ipak yo‘lining durdonasi sifatida e’tirof etilmoqda

Polshaning ommabop “Onet.pl” internet portalida Samarqand shahriga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda Samarqand Buyuk Ipak yo‘lining eng qadimiy va jozibador shaharlaridan biri sifatida e’tirof etilib, uning boy tarixiy-madaniy merosi, betakror me’moriy ansambllari va o‘ziga xos muhiti sayyohlarda unutilmas taassurot qoldirishi ta’kidlangan.

Xususan, Registon maydonining tungi yoritilishi va multimedia namoyishlari, Sherdor, Tillakori va Ulug‘bek madrasalarining me’moriy yechimlari, shuningdek, shaharning sharqona muhiti va milliy taomlari yuqori baholangan.

Shuningdek o‘qing

1“The Gulf Observer”: O‘zbekistonda iqtidorli rahbar kadrlar tayyorlashda yangi yondashuvlar amalga oshirilmoqda›

2Isroillik jurnalist O‘zbekistonni sayyohlar uchun jannat deb atadi va mamlakatning mashhurligi oshishini bashorat qildi›

3Saudiya matbuoti: O‘zbekiston islom ilm-fani va madaniy merosini tiklashda muhim o‘rin tutmoqda›

4“Associated Press Of Pakistan” AA: O‘zbekistonda hukumat qarori bilan ekologik, ijtimoiy va boshqaruv standartlarini joriy etish tartibi belgilandi›

5Pokiston OAV: O‘zbekistonda chet elliklarga QQSni qaytarish yo‘lga qo‘yildi›

Shu bilan birga, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, sayyohlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, transport infratuzilmasi hamda mamlakatning Yevropa sayyohlari uchun tobora jozibador turistik yo‘nalishga aylanayotgani qayd etilgan.

Kiritildi: 17:37 18.07.2026. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!