Polshaning janubidagi Ivkova yaqinida uchta havo shari qulagan. Ularda kontrabanda sigaretlar bo‘lgan.
Bu haqda TVPga tayanib Report xabar berdi.
Polisiya hodisa joyini o‘rab olgan va sharlar ekspertiza uchun bo‘limga olib ketilgan. Hozir ular qayerdan uchirilgani tekshirilmoqda.
Avvalroq, aprel oyi oxirida Polsha hukumati 160 dan ortiq havo shari orqali mamlakatga millionlab sigaret olib kirgan guruhni fosh etgan edi. Ushbu faoliyat davlatga taxminan 1,4 million yevro zarar keltirgan. Guruh rahbari sifatida Belarus fuqarosi ayblangan.