Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Polshada katta yong‘in sodir bo‘ldi

Polshada katta yong‘in sodir bo‘ldi

Polshaning Bitom shahrida 13 mayga o‘tar kechasi kuchli yong‘in sodir bo‘ldi.

Ertalabki soat ikkida mahalliy aholi portlash ovozidan uyg‘ongan. Xususiy transport kompaniyasining yirik parki hududida avtobuslar yonayotgani ma’lum bo‘ldi.

O‘t o‘chirish bo‘limiga soat 02:20 da qo‘ng‘iroq kelib, o‘n daqiqadan so‘ng voqea joyiga qutqaruvchilar yetib borgan. Yong‘inni o‘chirish ertalab soat 7:00 gacha davom etdi, jami 40 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi jalb etildi.

Avtoparkdagi 60 ta avtobusdan 10 tasi yonib, yana bir qanchasi qisman shikastlangan.

Yong‘in sabablari polisiya tomonidan aniqlanmoqda.

Kiritildi: 23:58 13.05.2024. O'qildi: 1319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!