The Wall Street Journal nashrining xabar qilishicha Polsha bir shart bilan harbiy havo kuchlari aviaparkida bo‘lgan, sovet vaqtida ishlab chiqarilgan MiG-29 qiruvchi va Su-25 hujumchi samolyotlarini Ukrainaga yetkazib berishi mumkin.
Bu samolyotlar evaziga AQSh Polshaga F-16 qiruvchilarini yetkazib berishi kerak bo‘ladi.
Avvalroq bir qator Yevropa davlatlari kabi Polsha ham Rossiya bilan diplomatik aloqalar to‘liq uzilib ketish xavfi sababidan Ukrainaga qiruvchi va hujumkor aviasiya yetkazib berish fikridan qaytgandi.