Bu haqda RMF FM xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hududda kunduzgi yorug‘likni va issiqlikni sezuvchi kameralar bilan jihozlangan maxsus ustunlar o‘rnatiladi.
"Bu qaror Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy hujumi tufayli ortib borayotgan xavf-xatarlar bilan bog‘liq. Sharqiy sarhadlardagi vaziyat beqarorligicha qolmoqda, jinoiy guruhlar faoliyati va diversiyalar ko‘paygani sababli qat’iy choralar ko‘rish talab etiladi", — deyiladi radiostansiya maqolasida.
Mazkur tizim nafaqat chegaradagi noqonuniy o‘tishlarni qiyinlashtiradi, balki davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlarni aniqlash samaradorligini oshiradi.
Qayd etish joizki, Polsha ukrainalik chaqiruv yoshidagi erkaklar uchun qochib o‘tish bobida eng kam ommalashgan yo‘nalish hisoblanadi.