Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Polsha prezidenti Ukraina manfaatlarini Polsha manfaatlaridan ustun qo‘yishdan bosh tortdi

Polsha prezidenti Ukraina manfaatlarini Polsha manfaatlaridan ustun qo‘yishdan bosh tortdi

Polsha prezidenti Karol Navroskiy mamlakat hech qachon Ukraina manfaatlarini o‘z milliy manfaatlaridan yuqori qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bu haqda u Wpolsce24 nashriga bergan intervyusida so‘zlab berdi.

"Bu hamkorlik bo‘lishi kerak — Polsha davlati va Ukraina manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni topish urinishi. Polsha manfaatlarini Ukrainaning barcha talablari bajarilishiga kafolat sifatida ko‘rib bo‘lmaydi", — dedi Navroskiy.

Prezident ta’kidlashicha, u doimo muhim masalalarda “polyak xalqining ovozi bilan gapiradi”. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar kimdir, jumladan, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bu borada shubha qilsa, “hayron bo‘ladi”.

Navroskiy shuningdek, Polsha Ukrainaga yordam berishni qo‘llab-quvvatlayotganini, biroq bu yordam har doim Varshavaning milliy xavfsizligi va iqtisodiy manfaatlariga zid bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi.

Kiritildi: 14:28 12.11.2025. O'qildi: 1456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!