Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Polsha prezidenti Rossiyadan himoyalanish maqsadida yadroviy dasturga qo‘shilmoqchi

Polsha prezidenti Rossiyadan himoyalanish maqsadida yadroviy dasturga qo‘shilmoqchi

Bu haqda prezident Karol Navroskiy Polsat News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. Konservativ siyosatchi Polshaning “yadroviy loyiha”ga qo‘shilishini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

"Bu yo‘nalishda harakat qilishimiz zarur, shunda biz ishni boshlash imkoniga ega bo‘lamiz. Biz qurolli mojaro hududiga chegaradosh davlatmiz. Rossiyaning tajovuzkor, imperiyaga xos munosabati Polshaga nisbatan qanday ekani esa barchaga ma’lum", — deya o‘z fikrini asoslab berdi Navroskiy.

Shu bilan birga, Polsha prezidenti Varshava “yadroviy loyiha”ga qachon qo‘shilishi haqida aniq ma’lumotga ega emasligini ta’kidladi.

Moskvaning Polsha yadroviy dasturiga ehtimoliy reaksiyasi haqidagi savolga prezident: "Rossiya har qanday masalaga tajovuzkor javob berishi mumkin", — deb javob berdi.

Navroskiy Polsha o‘z yadro qurolini ishlab chiqishni boshlashni yoki mamlakatda xorijiy yadro qurolini joylashtirishni nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmadi.

2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan so‘ng, Polshaning avvalgi prezidenti Anjey Duda AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Jo Baydenga Amerika yadro qurolini Polshaga joylashtirish iltimosi bilan murojaat qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 17:48. O'qildi: 210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!