Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Polsha endi Ukrainani qurol bilan ta’minlamaydi

A A A
Polsha endi Ukrainani qurol bilan ta’minlamaydi

Polsha Bosh vaziri Mateush Moravetski 20-sentyabr kuni Polsha endi Ukrainani qurollantirishdan voz kechib, o‘z mudofaasiga e’tibor qaratishini aytdi. Bu haqda DW xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu qaror Varshava Kiyev elchisini g‘alla eksporti bilan bog‘liq janjal fonida chaqirganidan bir necha soat o‘tib ma’lum qilingan.

“Biz endi Ukrainaga qurol bermaymiz, chunki biz hozir Polshani zamonaviyroq qurollar bilan qurollantirmoqdamiz”, dedi Moravetski.

“Ukraina Rossiyaning shafqasiz hujumidan o‘zini himoya qilmoqda, men bu vaziyatni tushunaman, lekin biz o‘z vatanimizni himoya qilamiz”, deya qo‘shimcha qildi Bosh vazir.

Qayd etilishicha, 20-sentyabr kuni ertalab Polsha Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning BMT Bosh Assambleyasidagi so‘zlari uchun Kiyev elchisini chaqirgan.

Kiritildi: 09:55 21.09.2023. O'qildi: 3026 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik