Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Polsha AQShning NATOdagi ishonchliligiga shubha qilmoqda

Polsha AQShning NATOdagi ishonchliligiga shubha qilmoqda

Polsha bosh vaziri Donald Tusk AQShning NATO doirasidagi ittifoqchi sifatidagi ishonchliligiga shubha bildirib, Yevropa Ittifoqini o‘zining jamoaviy mudofaa mexanizmlarini kuchaytirishga chaqirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi NATOning 5-moddasiga o‘xshash o‘zaro himoya qoidalariga ega, ammo AQSh qo‘llab-quvvatlovisiz ularning ahamiyati kamroq bo‘lib qolmoqda.

Tusk, shuningdek, Rossiyaning NATO mamlakatlariga ehtimoliy hujumini muqarrar tahdid deb atadi — bu «yillar emas, balki oylar masalasi» bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Polsha bosh vazirining bayonotlari transatlantik munosabatlardagi taranglik ortib borayotgan bir paytda yangradi. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp alyans doirasidagi majburiyatlarni bajarishdan voz kechish ehtimolini istisno qilmagan edi.

Bundan tashqari, OAVda AQSh Ispaniyani Eron bilan bog‘liq pozisiyasi sabab NATOdan chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Shu fon astida Yevropa davlatlari mudofaa xarajatlarini oshirmoqda, Fransiya esa o‘zining yadroviy tiyib turish salohiyatini ittifoqchilarga ham tarqatishga tayyorligini bildirib, Yevropa mamlakatlarida strategik aviasiyani joylashtirish ehtimolini ham qayd etdi.

Kiritildi: Bugun 09:20. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!