Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Polisiya xodimi 16 yashar qizni o‘ldirdi

Polisiya xodimi 16 yashar qizni o‘ldirdi

20 aprel kuni AQShning Ogayo shtatida polisiya xodimi qora tanli 16 yashar qiz Makaya Brayantni otib o‘ldirdi. 

Manbaga ko‘ra, soat 6:30 larda polisiya bo‘linmasiga qiz pichoq bilan hujum qilayotgani haqida xabar kelib tushgan. Polisiya xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. 

Polisiya Brayant pichoq bilan boshqa bir qizga hujum qilganini ko‘rib, qizga qarata o‘q uzgan.

Ko‘p o‘tmay, shaharda norozilik namoyishlari boshlangan.

Vafot etgan qizning xolasi-Xeyzel Brayant, Makayaning qo‘lida pichoq bor bo‘lgan, ammo polisiya ogohlantirish berganidan so‘ng  pichoqni yerga tashlagan, shunga qaramay, polisiya    unga qarata o‘q uzganligini aytgan.

Kiritildi: 22:59 22.04.2021. O'qildi: 5431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!