Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Pokistonda ro‘y bergan YTHda 25 nafar inson vafot etdi

Pokistonda ro‘y bergan YTHda 25 nafar inson vafot etdi

Pokistonning Ary News telekanaliga ko‘ra, Pokiston shimolida avtobus va avtomobil to‘qnashuvi oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.

"Gilgit-Baltistonning Chilas shahridagi Qorakoram shossesida yo‘lovchi avtobusining yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi jarohat oldi", — deyiladi xabarda.

To‘qnashuvdan so‘ng 45 yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus va avtomobil tubsizlikka qulagan.

Qutqaruv guruhlari va polisiya jarohatlanganlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazdi. Xabar qilinishicha, qorong‘ulik tufayli favqulodda xizmatlarning ishi qiyinlashgan.

Kiritildi: 23:58 07.02.2023. O'qildi: 2373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!