Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Xayber-Paxtunxva viloyatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi va bir necha kishi jarohat oldi.
Bu haqda xorijiy ommaviy axborot vositalari mahalliy polisiyaga tayanib xabar bermoqda.
O‘lganlar orasida bir bola ham bor.
Yaradorlar yaqin atrofdagi kasalxonaga olib ketilgan, ularning ba’zilari og‘ir ahvolda.
Portlash Bannu tumanidagi Mirjan polisiya bo‘limi yaqinida sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan.