Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Pokiston Saudiyaning Iroqdagi amaliyotini qo‘llab-quvvatladi

Pokiston Saudiyaning Iroqdagi amaliyotini qo‘llab-quvvatladi

Pokiston Saudiya Arabistonining Iroqdagi harbiy amaliyotidan so‘ng uning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor bildirdi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi Saudiya BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq qurolli hujum holatida o‘zini himoya qilish huquqiga ega ekanini ta’kidladi.

Islomobodda o‘tgan haftalik brifingda Pokiston TIV rasmiy vakili Tohir Andrabiy mamlakat Saudiya xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashini va xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilish muhimligini bildirdi. U, shuningdek, AQSh va Eronni Islomobod anglashuv memorandumi qoidalarini bajarishga chaqirib, tomonlarni muzokaralar stoliga qaytarish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlar davom etayotganini ma’lum qildi.

TIV vakili Pokiston va Quvayt o‘rtasida mudofaa sohasidagi yangi hamkorlik kelishuvi ratifikasiya qilinganini ham olqishladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston Iordaniya va Bahrayn bilan ham mustahkam mudofaa sheriklik munosabatlarini saqlab kelmoqda.

Shu bilan birga, Saudiyaning investisiya guruhi Pokistonga 10 milliard dollar sarmoya kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu masala yuzasidan mamlakatga tashrif buyurgan Saudiya delegasiyasi Pokiston rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Pokiston Investisiyalar kengashi hukumat investorlarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatishi va qulay shart-sharoit yaratilishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 22:30 31.07.2026. O'qildi: 1340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik