Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Pokiston bilan mojaroda 133 nafa afg‘on askari halok bo‘ldi

Pokiston bilan mojaroda 133 nafa afg‘on askari halok bo‘ldi

Pokiston bilan chegaradagi mojaroda kamida 133 afg‘on harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi va 200 dan ortiq kishi yaralandi.

Islom Respublikasining axborot vaziri Attaulloh Tarar bu haqda X sahifasida e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Pokiston armiyasi 27 ta afg‘on harbiy nazorat punktini vayron qildi va yana to‘qqiztasini nazoratga oldi. Tanklar, artilleriya va zirhli transportyorlar kabi 80 dan ortiq harbiy texnika ham shikastlangan. "Kobul, Paktiya va Qandahordagi afg‘on toliblarining mudofaa pozisiyalariga hujumlar uyushtirildi va qurbonlar soni oshishi mumkin", deb qo‘shimcha qildi vazir.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!