So‘nggi ikki kun ichida Pokiston xavfsizlik kuchlari Belujiston viloyatida o‘tkazilgan kontrterroristik amaliyotlar davomida taqiqlangan «Belujiston ozodlik armiyasi» (BLA) bilan bog‘liq 100 nafardan ortiq jangarini yo‘q qildi.
Amaliyotlar oldin sodir etilgan hujumlar ortidan boshlangan bo‘lib, ushbu hujumlar oqibatida 33 kishi halok bo‘lgan. Qarshi operasiyalar chog‘ida 15 nafar xavfsizlik xodimi va 18 nafar tinch aholi vakili, jumladan ayollar va bolalar ham qurbon bo‘lgan.
Viloyat bosh vaziri Sarfraz Bugtining aytishicha, jami 145 nafar BLA a’zosi yo‘q qilingan bo‘lib, bu so‘nggi o‘n yilliklarda eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.