Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Pokiston Belarusdan Hind okeani portlarigacha bo‘lgan yangi transport koridoriga qo‘shildi

Pokiston Belarusdan Hind okeani portlarigacha bo‘lgan yangi transport koridoriga qo‘shildi

Pokiston rasman «Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston – Hind okeani portlari» xalqaro transport yo‘nalishining bir qismi bo‘ldi.
O‘zbekiston Transport vazirligining ta’kidlashicha, mazkur yo‘lak Osiyo davlatlari o‘rtasidagi transport aloqalarini sezilarli darajada mustahkamlaydi va sanksiyalar ostida qolgan Belarus va Rossiya uchun jahon dengiziga qo‘shimcha chiqish imkonini beradi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«Pokistonning ushbu yirik loyihaga qo‘shilishi mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va transport koridori orqali xalqaro yuk tashish operasiyalarini jadallashtirish yo‘lidagi muhim qadamdir».
– deb xabar qildi O‘zbekiston Transport vazirligi.

Loyiha Yevroosiyo transport tarmog‘ining asosiy elementiga aylanishi kutilmoqda, bu yuklar tranziti uchun samarali yo‘nalishlarni ta’minlaydi va mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga yordam beradi.

Kiritildi: 23:03 21.09.2024. O'qildi: 201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!