Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Pogba yozda "Yuventus"ga tekinga o‘tishi mumkin

Pogba yozda "Yuventus"ga tekinga o‘tishi mumkin

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba yozgi transfer oynasida klubdan ketishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, 29 yoshli fransuz 2022 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnomasini MYu bilan uzaytirmaydi. Xavbek "Yuventus"ga erkin agent maqomida o‘tishi mumkin.

Pogba bunga qadar 2012-2016 yillar davomida "Yuventus"da o‘ynagan edi, shundan so‘ng MYuga 105 mln yevro evaziga o‘tgandi. Pogba joriy mavsum 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 9 ta assist qayd etdi.

Kiritildi: 21:36 17.05.2022. O'qildi: 1416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!