Ukraina prezidenti devoni maslahatchisi Mixayl Podolyak yana bir bor Ilon Maskni Ukraina rahbariyatining Twitter'dagi rasmiy sahifalari mashhurligini ataylab past baholaganlikda aybladi.
"Balki Ukrainaning rasmiy akkauntlarini past baholab, qamrovni sun’iy ravishda qisqartirish kifoyadir?! Hammasi juda aniq. Rossiyaning passiv tashviqotiga yordam berishning hojati yo‘q. Bu Kremlga yordam bermaydi. Twitter'ning obro‘si o‘lmoqda. Balki bu yerga ham regulyator kerak. Kimdir ijtimoiy tarmoq egasiga raqobat qoidalarini tushuntira oladimi?", — deya yozib qoldirgan u o‘z Twitter sahifasida.