Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Pochta orqali jo‘natilgan bolalar

A A A
Pochta orqali jo‘natilgan bolalar

XX asrning boshida AQShda bolangizni bemalol pochta orqali jo‘natishingiz mumkin bo‘lgan va bu uchun hech kim sizni yomon ota-ona deb hisoblamagan. Bolangizni buvisinikiga jo‘natmoqchimisiz? Markani yopishtiring va bolani pochtachiga bering.

XIX asrda AQSh pochta xizmatida Yovvoyi G‘arb qonunlari hukmronlik qilgan. Obro‘li shaxslar o‘z pochta xizmatini yo‘lga qo‘ygan. Ulardan ortda qolishni istamagan davlat pochta xizmati 1913 yilda katta posilkalarni ham butun mamlakat bo‘ylab, arzon yetkazib berishini ma’lum qiladi. Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy berishni istamagan, ba’zi amerikaliklar bolalarini ham pochta orqali jo‘natishni boshlaydi. O‘sha paytda pochta xizmati poyezd chiptasidan arzon bo‘lgan va pochtachilar ham odamlar orasida katta xurmatga ega bo‘lgan. 1913 yildayoq bolalarni posilka qilib jo‘natish holatlari qayd etilgan. Qishloq pochtachisi Vernon O. Litl vazni 10 funt (1 funt - 0,453592 kg) bo‘lgan bolani buvisinikiga yetkazib bergan. Eng mashhur bunday holatlardan biri 1914 yil 19 fevralda yuz bergan. Aydaxo shtatida 4 yoshli Sharlotta Mey Pirstorfni 73 mil (117.48 km) masofaga pochta orqali jo‘natishgan. "Posilka" poyezdda jo‘natilgan va uni bobo va buvisi kutib olgan. 
1915 yilga kelib pochta xizmati nihoyat bunday holatlarga e’tibor qaratishni boshlaydi va bolalarni pochta orqali jo‘natishni ta’qiqlaydi.

Kiritildi: 05:36 30.04.2021. O'qildi: 3288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!