Yaponiyaning Asahi Breweries kompaniyasi ekologik toza, iste’molga yaroqli “Mog cup” pivo krujkalarini ishlab chiqardi.
Kompaniyaning veb-saytida ta’kidlanganidek, ushbu krujkalarni pivo uchun gazak sifatida iste’mol qilish mumkin.
“Bir martalik plastik idishlardan foydalanish butun dunyoda jiddiy ekologik muammo hisoblanadi. Iste’molchilar, tashkilotlar va hukumat ushbu muammoning sayyoraga ta’sirini kamaytirishning innovasion usullarini yaratish orqali hal qilishga urinmoqdalar”, deyiladi xabarda.
“Mog cup” krujkalari kraxmalni eng yuqori haroratda pishirish orqali ishlab chiqariladi. Krujkalar xona haroratidagi suvni bir soatgacha saqlab tura oladi. Ularning uch xil hajmi bo‘lib, har biri turli ta’mga ega. Masalan, oddiy, krevetkali guruch krakerlari hamda shokoladli.