Toshkent viloyati hokimining farmoyishi bilan Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripovga intizomiy jazo qo‘llanildi.
Hujjatda hokim davlat xizmatchisining kasb etikasi talablarini buzgani qayd etilgan.
Avvalroq Muzaffar Aripov fermerlarga yerlarini tortib olish bilan tahdid qilgani tanqidlarga sabab bo‘lgandi. U yig‘ilishda fermerlarga: «Eri narida tursin, jonini sug‘urib olaman», degan edi.