Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Pikassoning kartinasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Pikassoning kartinasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Parijdagi Christie's auksionida Pablo Pikassoning 1941 yilda chizgan noyob akvarel asari "Ayol yuzi" sotilmoqda, deb xabar beradi BBC.

Asarning narxi taxminan bir million yevroga baholanmoqda. An’anaviy kimoshdi savdosi o‘rniga tashkilotchilar xayriya lotereyasini o‘tkazishga qaror qildilar: 100 yevroga chipta sotib olgan har bir kishi afsonaviy rassomning asarini yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

To‘plangan barcha mablag‘lar Alsgeymer kasalligini o‘rganadigan va unga qarshi kurashishning yangi usullarini ishlab chiqadigan fransuz jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Tashkilotchilarning aytishicha, bu kabi format masalani keng targ‘ib qilishga va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘proq insonlarni jalb etish imkonini beradi, shu bilan birga o‘ziga xos sovrinni qo‘lga kiritish imkonini ham saqlab qoladi.

Kiritildi: 22:05 10.12.2025. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!