Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkian va mamlakat birinchi vise-prezidenti Muhammad Rizo Orif o‘rtasida hech qanday kelishmovchilik mavjud emas.
Bu haqda Eron hukumati Axborot kengashi kotibiyati bayonotida ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, prezident va birinchi vise-prezident o‘rtasida, ayniqsa, yoqilg‘i iste’molini boshqarish masalasida hech qanday kelishmovchilik yo‘q.
«Shuningdek, Rizo Orif Vazirlar Mahkamasining avvalgi yig‘ilishida ayrim vazirlarga nisbatan keskin ogohlantirishlar bergani haqida tarqatilgan ma’lumotlar ham haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — deya ta’kidlangan hukumat bayonotida.
Bayonotda ushbu xabarlar mutlaqo yolg‘on ekani va ayrim doiralar tomonidan ataylab uydirib tarqatilgani qayd etilgan.