Bugun 28 iyul, 2026 yil, seshanba

КИР

Pezeshkian: "Qatardagi Eronning 6 milliard dollarlik aktivlari blokdan yechiladi"

Pezeshkian: "Qatardagi Eronning 6 milliard dollarlik aktivlari blokdan yechiladi"

Eron Shveysariyada AQSh bilan muzokaralar boshlanganidan so‘ng, Qatarda ilgari muzlatilgan 6 milliard dollarlik aktivlarni qaytara oladi.

Bu haqda Eron prezidenti Masud Pezeshkian ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, AQSh sanksiyalari tufayli Eronning neft sotishdan olgan mablag‘lari bir nechta mamlakatlardagi banklarda muzlatilgan.

"Tehron Vashington bilan muzokaralarda sanksiyalarni bekor qilish va muzlatilgan aktivlarni qaytarishga harakat qiladi", deb ta’kidladi Pezeshkian.

U shuningdek, amaldagi o‘zaro anglashuv memorandumi shartlari Eron manfaatlariga mos kelishini qo‘shimcha qildi.

Kiritildi: 08:30 22.06.2026. O'qildi: 1035 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!