Eron prezidenti Masud Pezeshkian Isroil 12 kunlik urush paytida xalq irodasini susaytirishga uringanini, ammo maqsadiga erisha olmaganini aytdi.
Eron rahbari bu fikrni 12 kunlik urushning yilligi munosabati bilan xalqqa murojaatida ta’kidlagan.
"Xalqning bardoshliligi, rahbarning yetakchiligi va qurolli kuchlarning tayyorgarligi bu maqsadlarga erishishga to‘sqinlik qildi", deb ta’kidladi u.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 13 iyunda Qo‘shma Shtatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Isroilning Eronga qarshi keng ko‘lamli havo hujumlari bilan boshlangan va 2025 yil 24 iyunda sulh bitimi bilan yakunlangan mojaro taxminan 1000 kishining o‘limiga va 5800 kishining jarohatlanishiga olib keldi.
Halok bo‘lganlar orasida Eron Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Bageriy, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bosh qo‘mondoni Husayn Salami, IRGS AYErokosmik kuchlari bosh qo‘mondoni Amir Ali Hojizoda va taniqli yadroviy olim Fereydun Abbosiy bor edi.
Ushbu mojaroda 29 nafar Isroil fuqarosi ham halok bo‘ldi va 2400 dan ortiq kishi jarohat oldi.
Eronning muhim yadroviy inshootlariga ham zarba berilgani ta’kidlanmoqda.