Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Peterburgda ommaviy mushtlashuv: o‘zbekistonlik fuqaro kasalxonaga yotqizildi

Peterburgda ommaviy mushtlashuv: o‘zbekistonlik fuqaro kasalxonaga yotqizildi

8 iyul kuni kechqurun Peterburgdagi univermag yonida Turkiya, O‘zbekiston va Rossiya fuqarolari janjal chiqarishdi.

«Fontanke» manbasining yozishicha, polisiya navbatchi qismiga Kupchinsk ko‘chasida mushtlashuv bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Bir necha daqiqadan so‘ng voqea joyiga yetib borgan tartib posbonlari u yerda faqat jarohatlanganlarni ko‘rishgan. Jami 5 kishi polisiya bo‘limiga olib ketilgan — 26 yoshli rossiyalik, 34 yoshli turk, 36 va 47 yoshli O‘zbekiston fuqarolari hamda ularning 43 yoshli qarindoshi. 

Ulardan ikki nafari — turk va o‘zbek kasalxonaga olib ketilgan. Shifokorlar miya chayqalishi deya tashxis qo‘yishgan, shuningdek, bosh qismida boshqa turli jarohatlar aniqlangan.

Hech kim bu haqda polisiyaga shikoyat qilmagan. Ayni damda "Bezorilik" bandi bo‘yicha ish ochilgan.

Kiritildi: 15:56 10.07.2019. O'qildi: 2086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!