Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Peter Madyar Orban merosiga qarshi shiddat bilan kurashmoqda

Peter Madyar Orban merosiga qarshi shiddat bilan kurashmoqda

Vengriyaning yangi bosh vaziri Peter Madyar Orban merosiga qarshi shunchalik shiddat bilan kurashmoqdaki, uning o‘zini ham avtoritarizmda ayblay boshlashdi, deb yozmoqda Financial Times

​Aprel oyida Peter Madyar o‘ng-markazchi "Tisa" partiyasi bilan Vengriyadagi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi va yangi bosh vazirga aylandi. Uning saylovoldi dasturining asosini Viktor Orbanni tanqid qilish, jumladan, raqibini avtokratiya va korrupsiyada ayblash tashkil etgan edi.

​Bosh vazir bo‘lgach, "Tisa" yetakchisi poraxo‘rlikka qarshi keng ko‘lamli kampaniya boshladi, Orbanning safdoshlarini yuqori lavozimlardan oldi, ularga qarshi tergov boshladi va mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuviga turtki berdi. Ushbu choralar tufayli yangi bosh vazirga bo‘lgan xayrixohlik reytingi vatandoshlari orasida 69 foizga yetdi.

​Biroq ba’zi vengriyalik siyosatshunoslarda Madyarning siyosati xavotir uyg‘otmoqda, ular bosh vazirni haddan tashqari radikal hamda shiddat bilan harakat qilayotganlikda va o‘zi ham avtokratga aylanib qolishi mumkinligida ayblashmoqda. Masalan, u konstitusiyaga amaldagi prezident hatto rozi bo‘lmagan taqdirda ham iste’foga chiqishi shartligini nazarda tutuvchi tuzatish kiritdi.

Kiritildi: 12:08 22.07.2026. O'qildi: 902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!