Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Peskov: “Putinning qattiq tanqididan keyin “yashaging kelmay qoladi”

A A A
Peskov: “Putinning qattiq tanqididan keyin “yashaging kelmay qoladi”

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya rahbari Vladimir Putinning qattiq tanqididan keyin “yashagisi kelmay qolishini” ma’lum qildi.

Bu haqda u jurnalist Vladimir Solovyov bilan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari uni tez-tez tanqid qilmaydi, ammo keyinchalik tuzatilishi kerak bo‘lgan xatolar uchrab turadi.

"Men prezident tomonidan jiddiy tanqidlarga duch kelganman... O‘sha paytda yashagim kelmay qolgan", dedi Kreml vakili.

Uning ta’kidlashicha, Putinning tanqidi “juda qaqshatqich” bo‘ladi, ammo shu bilan birga o‘z nuqtai nazarni ifoda etish imkoniyati, albatta, mavjud.

Kiritildi: 21:15 05.01.2021. O'qildi: 4951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik